Vazir Ajiniyoz muzeyiga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tavalludining 200 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori asosida tashkil etilgan Ajiniyoz muzeyi bilan tanishdi.

Bu yerda institut professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilgan tadqiqot natijasida ishlangan Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining avlodlar sharajasi, shuningdek, shoir yashagan davrga oid kitoblar, noyob qoʻlyozmalar, tarixiy buyumlar va kiyim-kechaklar koʻrgazmalarini koʻzdan kechirdi.

Muzeyda Ajiniyoz shajarasi toʻgʻrisida maʼlumot berish uchun shoir avlodlarini shu yerga ishga jalb qilish hamda muzey eksponatlarini yanada boyitib borish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov muzeyning esdaliklar kitobiga samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

NukusDPI matbuot xizmati.