Mashhur yozuvchi va shoirlar institutimizga tashrif buyurdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, mashhur yozuvchi hamda tarjimon Yangiboy Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yordamchisi, mashhur shoir Zavqiddin Nasimov ishtirokida “Maʼrifat ulashib” loyihasi tashkillashtirildi.

Tadbir ishtirokchilarini institutning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Qarjaubay Reymov kutib oldi va institutning yangi oʻquv binosida tashkil etilgan Ajiniyoz muzeyi bilan tanishtirdi.

Mehmonlar Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining 200 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan muzeydagi eksponatlarga yuqori baho berib, muzeyning esdaliklar kitobiga oʻzlarining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

NukusDPI matbuot xizmati.