Ijodkor yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Аjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida institutda tahsil olayotgan ijodkor yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, mashhur yozuvchi hamda tarjimon Yangiboy Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yordamchisi, mashhur shoir Zavqiddin Nasimov yoshlarga qoraqalpoq, oʻzbek va jahon adabiyotining oʻzaro tigʻiz aloqalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi.

Shuningdek, tadbir davomida idojkorlikka ixlos qoʻygan yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mehmonlardan javoblar oldi.

Ustoz ijodkorlar Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi nomidan institut kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qildi.

NukusDPI matbuot xizmati.