Ijodkor ustozlar maktab jamoasi va oʻquvchilari bilan uchrashdi
Аjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida oʻtkazilayotgan “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, mashhur yozuvchi hamda tarjimon Yangiboy Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yordamchisi, mashhur shoir Zavqiddin Nasimov poytaxtimizdagi 26-son umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurdi.
Maktabning pedagog jamoasi hamda faol oʻquvchilari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda shoirlar oʻz qalamiga mansub sheʼrlardan oʻqib berdi.
NukusDPI matbuot xizmati.