Yangi yil bayramida dam olish kunlari belgilandi
“Yangi yil bayramini nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (452-son, 24.12.2024-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – payshanba kuniga koʻchirildi hamda 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar – payshanba qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilandi.
Yangi yil bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:
28-dekabr (shanba) – 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni);
29-dekabr (yakshanba) – umumiy dam olish kuni;
30-dekabr (dushanba) – qoʻshimcha dam olish kuni;
31-dekabr (seshanba) – qoʻshimcha dam olish kuni;
1-yanvar (chorshanba) – Yangi yil bayrami;
2-yanvar (payshanba) – 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni.
NukusDPI matbuot xizmati.