Vazir Ajiniyoz muzeyini kengaytirish bo‘yicha takliflarini bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida tashkil etilgan Ajiniyoz muzeyiga tashrif buyurdi.
Bu yerda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilgan tadqiqot natijasida ishlangan Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining avlodlar sharajasi, shuningdek, shoir yashagan davrga oid kitoblar, noyob qo‘lyozmalar, tarixiy buyumlar va kiyim-kechaklar ko‘rgazmalarini ko‘zdan kechirdi.
Muzey eksponatlarini yanada boyitib borish va uni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
NukusDPI matbuot xizmati.