Respublika ishchi guruhining o‘rganish ishlari davom etmoqda

Oliy ta’lim tashkilotlarini 2025-yilda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini hamda faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan tuzilgan Respublika ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida o‘rganish ishlarini boshlaganligi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 25-yanvar kuni ishchi guruh a’zolari oliy ta’lim muassasalarining tegishli mas’ullari bilan yig‘ilish o‘tkazib, amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirish, raqamlashtirish va ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligini oshirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, talaba yoshlarda tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, moddiy-texnik ta’minot, o‘quv laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash, xorijiy ta’lim va tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqish Respublika ishchi guruhining asosiy maqsadi hisoblanadi.

O‘rganish ishlari oliy ta’lim muassasalari kesimida davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.