Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi
![]() |
Kafedra mudiri: | Prenov Barliqbay Barakbaevich |
Tel.: | +99890 654 8044 | |
Qabul vaqti |
Dúyshembi-Shembi Saat 10-00 den 16-00 ge shekem |
|
1935-1936-yillarda Qoraqalpog‘iston o‘qituvchilar institutining Fizika-matematika fakulteti tashkil etilib, bu fakultetda Fizika-matematika fanlari kafedrasi ochildi va uni Rossiya o‘quv yurtlaridan chaqirilgan olim M.V.Sheglov boshqardi.
1948-1949 o‘quv yilida Fizika-matematika fanlari kafedrasi Matematika va Fizika kafedralariga bo‘lindi. 1950-1960-yillarda Matematika kafedrasida fizika-matematika fanlari nomzodlari F.V.Tomashevskiy va B.V.Levin, pedagogika fanlari nomzodi A.Z.Nasirovlar faoliyat ko‘rsatib, o‘quv-tarbiya ishlarini olib borish bilan bir qatorda dastlabki fan nomzodlarini takomillashtirishga ham o‘z hissalarini qo‘shdilar.
1969-yilda “Matematika” kafedrasi “Matematik analiz” va “Umumiy matematika” kafedralariga bo‘lindi. “Umumiy matematika” kafedrasini M.Galekeev boshqarib, bu kafedrada 14 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritdi, ular orasida fizika-matematika fanlari nomzodlari O.Saparniyazov va I.Maxsudov, pedagogika fanlari nomzodi T.Tavbaevlar bor edi.
1990-yilning 1-sentyabr kuni Nukus davlat pedagogika instituti qayta ochildi. Bu institutning muhandislik-pedagogika fakulteti tarkibida Matematika-informatika kafedrasi bo‘ldi.
1996-yilda fakultet tarkibida Oliy matematika, Matematika o‘qitish metodikasi, Informatika va hisoblash texnikasi kafedralari mavjud edi.
2015-yilda “Umumiy matematika” kafedrasi “Matematika o‘qitish metodikasi” kafedrasi deb qayta nomlandi. 2015-2016 yillarda kafedraga fizika-matematika fanlari nomzodi G.Qaypnazarova rahbarlik qildi.
2016-yildan bugungi kungacha kafedrani professor B.Prenov boshqarib kelmoqda. 2017-yilda kafedrada 28 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib, ilmiy daraja 28,5% bo‘lgan. Shunday qilib, hozirgi vaqtda kafedra tarkibida jami 50 nafarga yaqin professor-o‘qituvchi bo‘lib, ulardan 35 nafar professor-o‘qituvchi to‘liq shtatda ishlaydi va kafedra ilmiy darajasi 50% dan yuqori ko‘rsatkichga ega.
Kafedra, bugungi kunda, matematika fanidan dunyodagi xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallab turgan, bir nechta oliy o‘quv yurtlari bilan aloqani yo‘lga qo‘ygan. Ulardan Novosibirsk davlat universiteti, Sibir federal universiteti, Qozon federal universiteti, Al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston davlat universiteti, Gumilev nomidagi Yevroosiyo davlat universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Urganch davlat universiteti, Qoraqalpoq davlat universitetlarini alohida ta’kidlash mumkin. Mazkur universitet professor-o‘qituvchilari institut talabalariga online-offline tarzda dars berib kelmoqda. Shuningdek, kafedraning professor-o‘qituvchilari, bu – dunyoning yetakchi universitetlarida, tajriba almashish, bilimini oshirish kurslarini o‘tamoqda.