Jismoniy madaniyat
![]() |
Fakultet dekanı | b.i.k., professor A.Q.Utepbergenov |
telefon: |
+99891 381-33-90 | |
e-mail: |
dekanat_dm@inbox.uz |
Fakultet tarkibidagi kafedralar ro‘yxati:
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrası
BAKALAVR TA’LIM YO‘NALISHLARI:
60112200 – Jismoniy madaniyat
60111900 – Maktabgacha boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport
MAGISTRATURA BÓLIMI
70112201 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi
Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti ochilgan yillardan e’tiboran institutda ta’lim oluvchi talabalarga jismoniy tarbiya fani darsligi o‘tila boshlandi. Biroq, shu yillar institutda maxsus jismoniy tarbiya kafedrasi, fakultet bo‘lmadi, faqatgina 2-asr urushidan keyingi yillari Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha xalqimizning ayniqsa yoshlarimiz orasida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga keng yo‘l ochildi. Bu vaqtlarda jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish, rivojlantirish va boshqa ommaviy ishlarda salomatlikni mustahkamlash, sport ishlarini olib borish institutning harbiy ishlar bo‘limiga biriktirilgan edi. Birgina 1956-yilda Qoraqalpoq davlat pedagogika institutida jismoniy tarbiya fakulteti ochilishi munosabati bilan mutaxassislik bo‘yicha jismoniy tarbiya kafedrasi tashkil etildi va shu yili fakultetga 50 talaba qabul qilindi..
Yangidan ochilgan Jismoniy tarbiya fakultetiga P.F.Lesgaft nomidagi Leningrad davlat jismoniy tarbiya instituti bitiruvchisi fakultet dekani lavozimiga E.V.Krasnikova va Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri etib shu P.F.Lesgaft nomidagi Leningrad davlat jismoniy tarbiya instituti bitiruvchisi E.P.Xotenkoga yuklatildi. Fakultet professor-o‘qituvchilari o‘sha vaqtdagi markaziy institut bitiruvchilaridan tashkil topdi. Ulardan Moskva davlat jismoniy tarbiya instituti bitiruvchilari Q.Gulimbetov, Q.T.Kagarmanov va A.I.Izimbetovlar, Leningrad davlat jismoniy tarbiya instituti bitiruvchilari V.I.Solovyov, V.F.Pushkin hamda Tbilisi davlat jismoniy tarbiya instituti bitiruvchilari R.G.Biblis, E.M.Osipovlar sportchi mutaxassislarni va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini tayyorlashda katta hissa qo‘shdi. O‘sha yillari fakultet kafedralarini prof. P.Shilmanov, b.i.k. P.Ospanov, t.f.n.Sh.Orazov, t.f.n.O.Otenov, t.f.n.B.Qaypov, dots. A.Aytniyazov, dots.J.Mambetov, katta o‘qituvchilar D.Niyazimbetov, A.Jumanov, M.Abutov, A.Reymovlar boshqarib keldi. 2005-yili fakultet va kafedralarning birlashtirilishi natijasida jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasiga p.i.k. B.Qaypov rahbarlik qildi. 2009-yilning sentyabr oyidan 2015-yil oralig‘ida kafedrani A.Utepbergenov, 2015-2021 yillar A.Kazakov, 2021-2022 yillar oralig‘ida p.f.b.f.d. (PhD) D.Nurishov boshqardi. 2022-2023 o‘quv yilidan hozirgi vaqtga fakultetda 2 kafedra bo‘lib, Jismoniy tarbiya nazariyasi kafedrasiga dotsent A.Eshbayev, Sport fanlari kafedrasiga professor A.Niyazov rahbarlik qilib kelmoqda. Bugungi kunga kelib Jismoniy madaniyat fakultetida 36-professor-o‘qituvchi talaba-yoshlarga ta’lim berib, shundan 2 fan nomzodi, 2 professor, 6 dotsent, 9 katta o‘qituvchi, 18 assistent o‘qituvchi xizmat qiladi. Hozirgi kunda «Jismoniy madaniyat» fakultetini biologiya fanlari nomzodi, professor A.Q.Utepbergenov boshqarib kelmoqda.
Jismoniy madaniyat fakultetida 60112200-Jismoniy madaniyat, 60111900-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari mavjud. Shu bilan birga 2020 yilda 70112201 -«Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi» magistratura mutaxassisligi ochildi. Fakultet pedagog-xodimlari, magistrantlar va talaba-yoshlar jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha turli muammolarni hal qilishda faol ishtirok etib kelmoqda. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi yo‘nalishi bo‘yicha 2022 yilgi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi. Kafedra o‘qituvchilaridan 6 o‘qituvchi mustaqil izlanuvchi bo‘lib ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Shu kunga qadar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 14 ta darslik, 22 ta o‘quv qo‘llanma, 28 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlandi.
Fakultetda jami 567 talaba ta’lim olmoqda. Shundan 441 o‘g‘il bola, 126 qiz bolani tashkil etadi.
Nukus shahri Bilimlilar ko‘chasi raqamsiz uy. NDPI 4-binosi