Diqqat, diqqat! Yoshlar o‘rtasida ilmiy-innovatsion tanlovlar o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida joriy yilning 25-mart kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tanlovlar tashkil etiladi:

1. “Eng yaxshi muhandis”;

2. “Eng yaxshi texnolog”;

3. “Eng yaxshi ixtirochi”;

4. “Eng yaxshi IT loyiha”.

Qayd etilgan tanlovlarda institutda tahsil olayotgan barcha iqtidorli talabalar va yosh olimlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad – iqtidorli, innovator yoshlarni aniqlash, ularning innovatsion g‘oyalarini rivojlantirish hamda respublikamizning ilmiy-texnik bazalariga taqdim etish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan talabalar quyidagi miqdorlarda moddiy rag‘batlantiriladi:

1-o‘rin – bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari;

2-o‘rin – bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari;

3-o‘rin – bazaviy stipendiya miqdorining 1 baravari.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun institutning iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limining +998 91 387 87 44 telefon raqamiga bog‘lanishingiz mumkin.