Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashish – barchamizning muqaddas burchimizdir

◾️Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida korrupsiya holatlarining oldini olish maqsadida institut rektorati va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Har qanday ko‘rinishdagi korrupsiyaviy harakatlarga qarshi kurashish barchamizning muqaddas burchimizdir.
Agar siz institutda tamagirlik, manfaatlar to‘qnashuvi yoki shu kabi korrupsiya holatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz institutning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining quyida ko‘rsatilgan ishonch telefoni yoki Telegram-bot manziliga murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.
❗️Sizning shaxsingiz sir saqlanishiga kafolat beriladi.
Unutmang, har qanday korrupsiyaviy holatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligi asosida chora ko‘riladi. Unutmang, korrupsiya nafaqat bir shaxsga, balki butun jamiyat va davlatga ziyon yetkazadi!
📞Ishonch telefoni: +998 97 509 05 09
✈️Telegram-bot: @nmpiantikor_bot
✅Jamoatchilik nazoratini birgalikda amalga oshiraylik!
©️NukusDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi