Qoraqalpoq adabiyotining qo‘sh boyteragi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti qoraqalpoq tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari o‘rtasida tyutor X.Xudaybergenova tomonidan O‘zbekiston Qahramonlari – qoraqalpoq adabiyotining yirik namoyandalari Ibroyim Yusupov va To‘lepbergen Qayipbergenovlarning tavalludiga 96 yil to‘lishi munosabati bilan “Qoraqalpoq adabiyotidagi qo‘sh boyterak” nomli tanlov tashkil etildi.

Tanlov 3 shartdan iborat bo‘lib, unda talabalar o‘zaro bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Tanlovda “Qoraqalpog‘iston” telekanali jurnalisti H.Nurjanova, fakultetlararo chet tili kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori F.Qayipbergenova, qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi assistent-o‘qituvchisi Q.Sarsenbayevlar ishtirok etdi va hakamlik qildi.

Tanlov yakunida 1-G guruhining “Bayterek” jamoasi 1-o‘rin, 1-B guruhining “Qoraqalpoq qizlari” jamoasi 2-o‘rin, 1-V guruhining “Ayaziy” jamoasi 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 1-A guruhining “To‘maris” jamoasi alohida faollik ko‘rsatdi.