«To‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti»ga talabgor talabalar va magistrantlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha «To‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti»ga talabgor talabalar va magistrantlarning «Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi» hamda «Ijtimoiy faollik indeksi ko‘rsatkichi» institutning rasmiy https://ndpi.uz/ veb-saytiga joylashtirilganligini ma’lum qilamiz.

Ma’lumot uchun, talabgor talabalar va magistrantlar yuqorida qayd etilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha faqat o‘zlarining to‘plagan ballarini ko‘rish imkoniyatiga ega.

NukusDPI matbuot xizmati.