NukusDPI jamoasi Toshkent shahrida sayohatda bo‘lib qaytdi

Mamlakatimiz bo‘ylab davom etayotgan «Dolzarb 90 kun» tadbirlari doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining mehnat jamoasi va faol talaba-yoshlari uchun institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahriga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida professor-o‘qituvchilar, mutaxassis xodimlar va talabalar shaharning dam olish va ko‘ngilochar maskanlarida, tarixiy-me’moriy obidalarida bo‘lib, mazmunli hordiq chiqardi.
NukusDPI matbuot xizmati.
