Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oʻqishga qabul qilish uchun suhbatning ikkinchi kuni

Bugun, 15-avgust kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-oʻquv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriatning maktabgacha taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha suhbat boʻlib oʻtdi.

Suhbat jarayoniga institutning malakali professor-oʻqituvchilari bilan birgalikda sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan pedagoglar jalb qilinib, abituriyentlarning tayyorgarligi munosib baholandi.

Shuningdek, jarayonning adolatli, ochiq oʻtishi institutning korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens-nazorat” tizimini boshqaruv boʻlimi masʼullari tomonidan nazoratga olindi.

NukusDPI matbuot xizmati.