Davlat granti asosida o‘qishga tavsiya etilgan Gulbahar Yusupbekovaga Yoshlar ittifoqining tavsiyanomasi topshirildi

Gulbahar Yusupbekova joriy o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi 914-son qarori asosida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan edi.

Institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining faol a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida ko‘p yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi, tabiiy yetakchilik qobiliyatini namoyon etgan, vatanparvar, yurt kelajagiga daxldorlikni his qiladigan, mehnatsevar va boshqa insoniy fazilatlar egasi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi, Respublika komissiyasi raisi X.Sattarov tomonidan berilgan tavsiyanoma Gulbahar Yusupbekovaga tantanali tarzda topshirildi.

Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Bayrambay Gulimbetov Gulbahar Yusupbekovaning kelgusi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

NukusDPI matbuot xizmati.