Voleybol bo‘yicha NukusDPI talaba-erkaklar jamoasi “Besh tashabbus olimpiadasi”ning final bosqichiga yo‘llanma oldi

Poytaxtimiz Nukus shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining talaba-erkaklar jamoasi g‘olib bo‘lib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarni taqdirlash tadbiri 12-noyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.