Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi va 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan bir guruh fidoyi professor-o‘qituvchilar, pedagog va mutaxassis xodimlar, shuningdek, talaba-yoshlarni rag‘batlantirishga bag‘ishlangan taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov, rektor maslahatchisi G‘ulomjon Ibodullayev so‘zga chiqib, ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi va bayram sovg‘alarini topshirdi.
Shu bilan birga, tadbir davomida bayram munosabati bilan institutda professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan turli tanlovlarda g‘olib va sovrindor bo‘lganlar kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.
