Endilikda chet tili birinchi fan boʻlgan yoʻnalishlarga B1 daraja ham imtiyoz beradi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-yanvardagi 32-sonli qarori bilan ayrim Hukumat qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga qabul xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Fanlar majmuasida chet tili fani mavjud boʻlgan taʼlim yoʻnalishlariga qabulda:

– B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;

– B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

Eslatib oʻtamiz, ilgari mazkur yoʻnalishlarga qabul kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshirilgan edi.

NukusDPI matbuot xizmati.