Xushxabar! NukusDPIning 15 nafar talabasi Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risidagi buyrug‘i asosida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 15 nafar talabasi davlat stipendiyalari tanlovi g‘olibi deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi g‘olibi:

Abdullayeva Gulnara Shuxrat qizi – Filologiya fakulteti xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabasi.

Navoiy nomli davlat stipendiyasi g‘oliblari:

Joldasbaeva Elenura Qidirbay qizi – Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabasi;

Jaqsimuratov Azamat Bekmurat o‘g‘li – Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabasi;

Kazaxbaeva Mexriban Jamalatdin qizi – Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti maktab menejmenti ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi;

Djaksilikova Aygerim Baxitjan qizi – Filologiya fakulteti ona tili va adabiyoti: qozoq tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabasi;

Kakisheva Gulnur Annadurdiyevna – Filologiya fakulteti ona tili va adabiyoti: turkman tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabasi;

Payzullayeva Oltinoy Madiyar qizi – Ellikqal’a fakulteti maktabgacha ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabasi;

Abilova Aynura Keunimjay qizi – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabasi.

Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi g‘olibi:

Jumabaeva Malika Polatbek qizi – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabasi.

Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi g‘olibi:

Berdibayev Salamat Azatbayevich – Aniq fanlar fakulteti matematika va informatika ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabasi.

Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi g‘olibi:

Kaliknazarova Shahzoda Begisbay qizi – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabasi.

To‘lepbergen Qayipbergenov nomli davlat stipendiyasi g‘olibi:

Bazarbayeva Laylo Gulmirza qizi – Tabiiy fanlar fakulteti kimyo ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabasi.

Bobur nomli davlat stipendiyasi g‘olibi:

Nurullayev Jasurbek Xayrulla o‘g‘li – Tarix fakulteti tarix ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabasi.

Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi g‘olibi:

Utemuratova Dinara Nurillaevna – Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabasi.

Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi g‘olibi:

Begdullaeva Dilnaz Sagidulla qizi – Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti pedagogika ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabasi.

Davlat stipendiyalari tanlovining g‘oliblari bo‘lgan institutimiz talabalarini tabriklaymiz va kelgusi o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarida ulkan natijalarga erishishlarini tilaymiz.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat va bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashib, g‘olib bo‘la olmagan talabalar ham sertifikat va bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

NukusDPI matbuot xizmati.