Fakultetda “Balli, qizlar!” tanlovi tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida dekanning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suluxan Paluaniyazova tashabbusi bilan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bag‘ishlangan “Balli, qizlar!” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sayyora Bekchanova va fakultet dekani Muhabbat Allambergenova so‘zga chiqib, jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni, ularning faolligini oshirishning ahamiyati haqida aytib o‘tdi va tadbir ishtirokchilarini yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabrikladi.
Tanlovda fakultetdagi o‘quv va jamoat ishlaridagi alohida faolligi, ziyrakligi va qobiliyati bilan tengdoshlariga namuna bo‘layotgan talaba-qizlar ishtirok etib, belgilangan shartlar bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, diplom hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi.
