NukusDPI jamoasi “Yurtim qadriyatlari” tanlovida g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Yurtim qadriyatlari” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Talaba-yoshlarning o‘qishdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, yoshlarni milliy va umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarimiz, an’ana, urf-odat, milliy san’atimiz bilan yaqindan tanishtirish, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan yoshlarimizni xabardor qilish maqsadida tashkil etilgan tanlovda oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘z bilimi, iqtidori va sahna mahoratini namoyish etishga harakat qildi.

Quvonarlisi, tanlovda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining “Jadidlar izdoshlari” jamoasi 1-o‘rinni egalladi va respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

NukusDPI matbuot xizmati.