Diqqat, diqqat! Talaba-qizlar o‘rtasida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini o‘tkaziladi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti va Qoraqalpog‘iston “Zakovat” klubi hamkorligida talaba-qizlar o‘rtasida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini tashkil etilmoqda.

Mazkur o‘yin talaba-qizlarning bilim salohiyati, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etishga xizmat qiladi.

Qiziqarli savollar, qizg‘in fikr-mulohazalar va ko‘tarinki kayfiyat sizni kutmoqda.

Shunday ekan, barcha faol va ziyrak talaba-qizlarni intellektual o‘yinda ishtirok etishga chorlaymiz!

Sanasi: 2026-yil 4-mart;
Vaqti: 15:00;
Joyi: NukusDPI Tabiiy fanlar fakulteti katta majlislar zali.