Talaba-yoshlar uchun ko‘rgazma tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan talaba-yoshlar uchun ko‘rgazma tashkil etildi.

Ko‘rgazma davomida xizmat jarayonida foydalaniladigan maxsus harbiy texnikalar, qurol-yarog‘lar ko‘rgazmalari, shuningdek, harbiy xizmatchilarning maxsus chiqishi o‘tkazildi. Shu bilan birga, yoshlar kamondan otish sporti bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rdi.

NukusDPI matbuot xizmati.