“Kelajakka qadam” dasturi va yoshlar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a fakultetida bitiruvchi kurs talabalarining bandligini ta’minlash va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda “O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi K.Sharipova, institutning registrator ofisi boshlig‘i B.To‘lepov, “Kelajakka qadam” markazi mas’ullari, fakultet dekanati vakillari va bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdi.

Seminarning asosiy maqsadi – bitiruvchi yoshlarni mehnat bozoriga tayyorlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash, ishga joylashish jarayonida zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko‘maklashishdan iborat.

Seminar-trening davomida mutaxassislar tomonidan mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va yo‘nalishlar, biznes reja ishlab chiqish asoslari, startap loyihalarni yo‘lga qo‘yish va moliyalashtirish imkoniyatlari, imtiyozli kreditlar va davlat dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.