Diqqat, e’lon! NukusDPI talabalari o‘qishini Qozoq milliy universitetida akademik mobillik asosida olib borishlari mumkin

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 1-2-kurs talabalari uchun 2026-yilning kuzgi semestrida (sentyabr-dekabr) o‘qishini Qozog‘iston Respublikasi Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida akademik mobillik dasturi asosida davom ettirishlari uchun qabul boshlanganligini e’lon qilamiz.

✅Akademik mobillik dasturi talabalarga Markaziy Osiyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan birida tahsil olish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, kasbiy kompetensiyalarini chuqurlashtirish va ko‘p madaniyatli ta’lim muhitida tajriba orttirish imkonini beradi.

🔖Dastur doirasida talabalar individual o‘quv rejasi asosida fanlarni o‘zlashtiradilar va yakunda kreditlari asosiy oliy ta’lim muassasasida qayta hisobga olinadi.

✍️Ishtirok etish shartlari:

➖1- va 2-kurs talabalari uchun ochiq;
➖o‘qish 2026-yil kuzgi semestrda (sentyabr-dekabr) amalga oshiriladi;
➖yashash va transport xarajatlari talabalar tomonidan qoplanadi;
➖nomzodlarni saralab olish akademik ko‘rsatkichlar va motivatsion asosda tanlov orqali amalga oshiriladi.

☝️Qo‘shimcha ma’lumot olish va hujjat topshirish uchun institutning xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

🙋🏻‍♂️Mas’ul: Axmet Aymurzayev;
☎️Telefon: +998933691232.

🔸Joylar soni cheklanganligini inobatga olib, xohlovchilardan arizalarni o‘z vaqtida topshirishlari so‘raladi.

🔹Ma’lumot uchun, Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti “QS World University Rankings – 2025” reytingida 166-o‘rinni egallagan.