Aniq fanlar fakultetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida talabalarning ota-onalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbir ota-onalarni farzandlari ta’lim olayotgan muhit, yaratilgan sharoitlar va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qildi.
Uchrashuvni fakultet dekani R.Jiyemuratov boshqardi. Uchrashuv davomida ota-onalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Tadbir yakunida fakultetda faollik ko‘rsatayotgan, davlat stipendiyalari tanlovi g‘olibi bo‘lgan va fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishgan talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Bunday uchrashuvlar ta’lim muassasasi va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
