Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi 1993-yil 9-aprel kuni o‘n ikkinchi chaqiriq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Sovetining o‘n ikkinchi sessiyasida qabul qilingan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob, 121 moddadan iborat.

Konstitutsiya amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va ularning qonunchilik asoslarini yaratishning bosh huquqiy asosi, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasi kafolatidir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasiga 1994-yil 26-fevral, 1995-yil 31-oktyabr, 1997-yil 15-dekabr, 2003-yil 12-noyabr, 2014-yil 27-iyun, 2019-yil 29-iyun va 16-dekabr, 2021-yil 12-fevraldagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining tegishli chaqiriq va sessiyalarida o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan.