Ota-onalar bilan uchrashuvda muhim masalalar muhokama qilindi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda ta’lim-tarbiya masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda rektorning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Bekchanova, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Sh.Shamuratov, fakultet dekani M.Allambergenova, profilaktika inspektorlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar ishtirok etdi.

Tadbirda ota-onalarga fakultetda talaba-yoshlarning o‘qishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv davomida ota-onalar bilan yoshlar tarbiyasidagi dolzarb vazifalar muhokama qilinib, fikr almashildi. Faol talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.