Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakultetida ota-onalar bilan uchrashuv tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakultetida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida talaba-yoshlarning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi – o‘quv jarayoni, yaratilgan sharoitlar va talabalarning ta’lim olish imkoniyatlari bilan ota-onalarni yaqindan tanishtirish, shuningdek, ular bilan yoshlar ta’lim-tarbiyasida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida fakultet rahbariyati tomonidan o‘quv jarayonini tashkil etish, zamonaviy laboratoriyalar, innovatsion texnologiyalar asosida olib borilayotgan mashg‘ulotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati, ularning yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida so‘z yuritildi.

Faol talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.