NukusDPI yoshlari “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining respublika bosqichiga yo‘llanma oldi

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik ishlarga keng jalb etish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda yashovchi yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va tajribasini oshirish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutidan 50 nafardan ziyod yoshlar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, startap loyihalari bilan ishtirok etdi.
Tanlovning hududiy bosqichida g‘olib deb topilgan 20 ta loyiha ichida institutimizning 8 nafar yoshlari ham borligi biz uchun faxr hisoblanadi.
Ular:
Ruslan Satimuratov – Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bosh mutaxassisi;
Azada Uzaqbergenova – Filologiya fakultetining 3-kurs talabasi;
Zilola Allakova – Aniq fanlar fakultetining 4-kurs talabasi;
Kumisay Qizilbayeva – Tabiiy fanlar fakultetining 3-kurs talabasi;
Elenura Joldasbayeva – Tabiiy fanlar fakultetining 4-kurs talabasi;
Gulay Qudaybergenova – Aniq fanlar fakultetining 4-kurs talabasi;
Dilaram Qoniratbayeva – Tabiiy fanlar fakultetining 2-bosqich talabasi;
Gulovser Durdimatova – Tarix fakultetining 1-kurs talabasi.
Institutimiz yoshlariga tanlovning respublika bosqichida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.