Ellikqal’a fakultetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yo‘lida muhim tashabbus

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida haftaning juma kuni “Salomatlik kuni” deb belgilangan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yo‘nalishida samarali ishlar olib borilmoqda.
Bugun, 17-aprel kuni Ellikqal’a fakultetida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbirda fakultet dekani E.Asamaddinov, dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, yoshlar yetakchisi va talabalar ishtirok etib, birgalikda jismoniy mashqlarni bajardi.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarning salomatligini mustahkamlash, jismoniy faolligini oshirish va kunni samarali boshlashiga e’tibor qaratildi.
Ertalabki badantarbiya nafaqat jismoniy jihatdan foydali, shu bilan birga, pozitiv kayfiyat ulashish, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
