Tengdoshga-tengdosh: Innovatsion loyihalarga qiziquvchi talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetining ilmiy-tadqiqot, innovatsion va startap loyihalariga qiziquvchi talaba-qizlari uchun uchrashuv tashkil etildi.
Fakultet tyutori G.Artikova tashabbusi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda xalqaro va respublika tanlovlarining, grant loyihalarining g‘olibi, institutning Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabasi Kumisay Qizilbayeva talaba-qizlar uchun tanlovlar, ularda ishtirok etish, loyihalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalar berdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
NukusDPI matbuot xizmati.
