NukusDPI futzal jamoasi “Talabalar ligasi”ning respublika final bosqichiga yo‘llanma oldi

Bugun, 21-aprel kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining sport saroyida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida futzal bo‘yicha “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi barcha raqiblarini yengib chiqdi va may oyida bo‘lib o‘tadigan respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Sportchilarni musobaqaga tajribali murabbiylardan Jamal Bekmuratov, Ruslan Ibrayimov, Timur Paluaniyazov tayyorladi.
Institutimiz jamoasiga respublika final bosqichida omad tilaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.