NukusDPI talabasi “Yosh kitobxon” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida faxrli o‘rinni egalladi

Poytaxtimiz Nukus shahridagi Yoshlar markazida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda 15-19 yosh toifasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining 2-kurs talabasi Ilya Saparbayeva faxrli 3-o‘rinni egallab, diplom va planshet bilan taqdirlandi.