NukusDPIda “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni umuminsoniy, milliy va oilaviy qadriyatlar asosida tarbiyalash, shuningdek, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida tashkil etilgan “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqada ishtirokchilar jamoani tanishtirish, 100 metrga va estafeta yugurish, kamondan otish, darts, velosipedda uchish, birinchi tibbiy yordam kabi shartlar bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini, jismoniy tayyorgarliklarini namoyish etishga harakat qildi.

Jamoalarning har bir shart bo‘yicha natijalarini hakamlar hay’ati a’zolari baholab bordi.

Musobaqa yakunida:

1-o‘rin – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining “To‘maris avlodlari”;
2-o‘rin – Nukus davlat texnika universitetining “Turon qizlari”;
3-o‘rin – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining “Olimp qizlari” jamoalariga nasib etdi.

G‘olib jamoa musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

NukusDPI matbuot xizmati.