Ellikqal’a fakultetida sog‘lom turmush tarzi yo‘lida izchil ishlar davom etmoqda

Fakultet hududida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari muntazam ravishda tashkil etilib, bugungi mashg‘ulotlar ham yuqori kayfiyat va faol ishtirok bilan o‘tdi. Unda fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, professor-o‘qituvchilar, yoshlar yetakchisi hamda talabalar birgalikda qatnashib, jismoniy mashqlarni bajarishdi.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini mustahkamlash va kunni tetik ruhda boshlashlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, barcha bo‘g‘in vakillarining bir safda ishtirok etishi sog‘lom muhit va jamoaviylikni yanada kuchaytirmoqda.
Ertalabki badantarbiya nafaqat jismoniy chiniqish, balki ijobiy kayfiyat, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bu kabi mashg‘ulotlar fakultet hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
