Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti bilan hamkorlik shartnomasi tuzildi

Toshkent shahrida sanoat kooperatsiyasi va texnologik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Yevroosiyo hududidagi muhim xalqaro tadbirlardan biri bo‘lgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” 6-xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Uch kun davom etgan ko‘rgazmada dunyoning 35 davlatidan 5 200 dan ziyod xalqaro kompaniyalar delegatlari, o‘n mingdan ortiq tadbirkorlar, davlat tashkilotlari va ekspertlar hamjamiyati vakillari ishtirok etdi.

Ko‘rgazma doirasida sanoat, shu jumladan, ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish va hududlararo aloqalarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan qator strategik ahamiyatga ega shartnomalar imzolandi.

Tadbirda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori v.b. T.Tadjiyev, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i A.Bimbetov V.G.Korolenko nomidagi Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti rektori Ya.Chigovskaya-Nazarova, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i T.Kubasova, loyiha rahbari M.Ishutkina va Rossiya Federatsiyasining “Performans Lab” jamiyati bosh direktori V.Kashirskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv va muzokaralar yakunida Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolandi.