Talaba-yoshlarga “Work and Travel” dasturi haqida ma’lumot berildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultetida talaba-yoshlarning kasbiy va xorijiy tillar bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “Work and Travel” dasturi haqida ma’lumot berish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda fakultet dekani Q.Reymov, institutning xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i A.Bimbetov, shuningdek, boshqa mas’ullar tomonidan “Work and Travel” dasturining mazmun-mohiyati, ishtirok etish shartlari, hujjat topshirish tartibi hamda xorijda ishlash va sayohat qilish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Dastur orqali talabalar yozgi ta’til davrida xorijda vaqtinchalik ishlash, turli madaniyatlar bilan tanishish va hayotiy tajribasini oshirishi mumkinligi ta’kidlandi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
NukusDPI matbuot xizmati.
