Ertalabki badantarbiya – salomatlik asosi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Salomatlik kuni” munosabati bilan ertalabki badantarbiya tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu tadbir talaba-yoshlar va pedagog xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va kunni pozitiv kayfiyatda boshlash maqsadida o‘tkazildi.
Ertalabki badantarbiya tajribali ustoz murabbiylar tomonidan olib borilib, ishtirokchilar turli jismoniy mashqlarni bajarish orqali o‘z salomatligini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ushbu tadbir institutda sog‘lom muhitni shakllantirish, yoshlarning jismoniy va ma’naviy yetukligini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
