“Qoraqalpog‘iston taraqqiyot yo‘lida” o‘quv qo‘llanmasi targ‘ib qilinmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a fakultetida professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va xodimlar o‘rtasida “Qoraqalpog‘iston taraqqiyot yo‘lida” o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi keng targ‘ib qilinib, fikr almashuvlar va muhokamalar o‘tkazilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayevning ma’ruzalari asosida tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma respublikamizda so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning amaliy natijalari haqida so‘z yuritadi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma pedagog xodimlar va talabalarga yurtimizdagi tarixiy o‘zgarishlarning ahamiyatini chuqur tushuntirishda asosiy dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
