Respublika kitobxonlar haftaligi yakunlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida “Kitob – mazmunli hayot asosi” mavzusidagi VI Respublika kitobxonlar haftaligi o‘z yakuniga yetdi.
Haftalikning yakuniy tadbiri doirasida dastlab qoraqalpoq adabiyotining qo‘sh boyteraklari, O‘zbekiston Qahramonlari – xalq shoiri Ibroyim Yusupov va xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenov ijodiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Unda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tyutori G.Artikova, markazning xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, “Kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibasi R.Amanbayeva, institutning faol talaba-yoshlari, shuningdek, markazning mutaxassis xodimlari ishtirok etdi.
Kecha davomida so‘zga chiqqanlar va talaba-yoshlar adabiyotimizning ko‘zga ko‘ringan vakillari ijodining o‘ziga xosliklari haqida ma’lumotlar berdi, asarlaridan parchalar o‘qidi.
Tadbirning ikkinchi qismida axborot-resurs markazi direktori G.Jiyemuratova so‘zga chiqib, kitobxonlar haftaligi tadbirlarida faol ishtirok etganlarga minnatdorlik bildirdi.
Haftalik doirasida tashkil etilgan turli tanlovlar, uchrashuvlar va kechalarda faol ishtirok etgan talabalarga faxriy yorliq va sovg‘alar topshirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
