NukusDPIda “Karyera kuni” doirasida talabalar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

Shu yilning 12-may kuni soat 10:00 da Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalarning bandligini ta’minlash maqsadida “Karyera kuni” doirasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.
Mehnat yarmarkasida respublikamizdagi ish beruvchilar tomonidan talaba-yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berilib, shartnomalar tuzilishi va bu orqali yoshlarning bandligini ta’minlash rejalashtirilmoqda.
Mehnat yarmarkasiga barcha xohlovchi ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlar, ishga joylashish niyatida bo‘lgan institut talabalari, shuningdek, barcha ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlarni taklif etamiz!
Manzil: Nukus shahri, P.Seytov ko‘chasi raqamsiz uy. NukusDPI bosh binosi (26-kichik tuman).
NukusDPI matbuot xizmati.