Institut jamoasi uchun madaniy hordiq bo‘ldi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi maqom ansambli a’zolari va yurtimizga mashhur madaniyat namoyandalari ishtirokida madaniy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda institut jamoasi va talaba-yoshlar xalq qo‘shiqlari, maqom san’ati namunalarini tinglab, madaniy hordiq chiqardi.
Albatta, bunday tadbirlar institutda sog‘lom muhitni ta’minlash va xodimlar, talaba-yoshlarning ma’naviy saviyasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
NukusDPI matbuot xizmati.
