“Do‘stlik festivali”: Talaba-yoshlar “Zakovat QUIZ” bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Toshkent shahri va viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan kelgan talaba-yoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan “Do‘stlik festivali” doirasida “Zakovat QUIZ” intellektual o‘yini bo‘yicha o‘rtoqlik musobaqasi tashkil etildi.

Yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan o‘yinda talabalar faol ishtirok etdi.

O‘yin yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, diplom bilan taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.