“Do‘stlik festivali” doirasida startap loyihalar bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Toshkent shahri va viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan kelgan talaba-yoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan “Do‘stlik festivali” doirasida “StartUP Talk” mavzusida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda startap va innovatsion g‘oyalarga qiziquvchi talaba-yoshlar o‘zaro fikrlashib, “Tengdoshga-tengdosh” tamoyili asosida tajriba almashdi.

Institutning IT-inkubatsiya markazida talaba-yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumotlar berildi.

NukusDPI matbuot xizmati.