Yoshlar o‘rtasida kibersport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Toshkent shahri va viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan kelgan talaba-yoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan “Do‘stlik festivali” doirasida kibersport bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Musobaqada talaba-yoshlar kibersportning “CS:2” turi bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, diplom bilan taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.
