Mehmon talaba-yoshlar “Ajiniyoz” filmini tomosha qildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Toshkent shahri va viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan kelgan talaba-yoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan “Do‘stlik festivali” doirasida “Movie Night” kechasi tashkil etildi.

Kechada qoraqalpog‘istonlik kino ijodkorlari tomonidan klassik shoirimiz Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining 200 yilligi munosabati bilan suratga olingan “Ajiniyoz” badiiy-publitsistik filmi mehmon talaba-yoshlar e’tiboriga havola etildi.

NukusDPI matbuot xizmati.