NukusDPIda futbol bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va mahoratli sportchilarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining futbol sport turi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarining erkak talabalaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etib, g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Shunday qilib, musobaqa yakunida:

1-o‘rin – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti;

2-o‘rin – Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti;

3-o‘rin – Nukus davlat texnika universiteti jamoalariga nasib etdi.

G‘olib jamoa respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

NukusDPI matbuot xizmati.