Mini futbol bo‘yicha musobaqa juda qizg‘in o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Toshkent shahri va viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan kelgan talaba-yoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan “Do‘stlik festivali” doirasida mini futbol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

O‘zaro do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan musobaqada ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

G‘olib va sovrindorlar institut sport klubi tomonidan diplom hamda medallar bilan taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.